O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati 29 oktyabr kuni uchun kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra:
Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-10 daraja iliq, kunduzi 18-20 daraja bo`ladi.
Qoraqalpog`iston va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryoviloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 16-21 daraja bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja bo`ladi.
Respublikaning tog`oldi va tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 15-20 metr/sekund gacha kuchayadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.






