AsosiyDunyo

Ukrainalik jurnalist o`zbekistonliklardan uzr so`rab chiqdi (video)

'Ukrainalik jurnalist o`zbekistonliklardan uzr so`rab chiqdi (video)'ning rasmi

Bir muddat avval ukrainalik jurnalist va bloger Gordon o`zining "Dimitriy Gordonnikida mehmonda" loyihasida isroillik milliarder Leonid Nevzlin bilan suhbat uyushtirib, unda O`zbekistonni Ukrainaga qarshi Rossiyaga yordam berayotgani haqida gapirgandi.

Shundan so`ng ushbu holatga O`zbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Alisher Qodirov munosabat bildirib, material assosiz ekani qayd etgandi.

Oradan biroz muddat vaqt o`tib holatga Mudofaa vazirligi munosabat bildirib, ba`zi bir ommaviy-axborot vositalarida tarqatilayotgan xabarlarni qat`iy inkor etgandi.

"Shu bilan birga, ta`kidlash joizki O`zbekiston hozirgi kunga qadar hech qachon Eron tomoni bilan hamkorlikda qurol-yarog` va harbiy texnika ishlab chiqarmaganligi va hozirgi kunda ham ishlab chiqarmayotganini ma`lum qiladi", — deyilgandi o`shanda bayonotda.

Oradan hech qancha vaqt o`tmay TIV ham munosabatini e`lon qildi va O`zbekiston Eron bilan harbiy-texnik sohada hamkorlik qilmasligini bildirdi.

Ukrainalik jurnalist ma`lum muddat o`tib O`zbekistonda Eron dronlari ishlab chiqarilayotgani haqida aytganida xato qilganini tan oldi.

 U aslida Tojikistonni nazarda tutganini ma`lum qildi. Bu haqda u o`zi e`lon qilgan videoda aytib o`tadi.

"Men O`zbekistonni emas, Tojikistonni aytmoqchi edim. Faqat tilimdan O`zbekiston so`zi chiqib ketdi. O`zbekistonda dron zavodlari bor, lekin u erda Eron uchun uskunalar yaratilganini hech kim tasdiqlagani yo`q. Qadrli o`zbeklar, Rossiya hujumi tufayli hozir sodir bo`layotgan Ukrainadagi fojiaga befarq emasligingiz uchun rahmat aytaman”, — deydi Gordon.

    Boshqa yangiliklar