2022 yil 28-oktabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Bosh kotib Bag`dod Amreev boshchiligidagi Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) delegasiyasini qabul qildi.
Vazirlik tomonidan ma`lum qilinishicha, dastavval O`zbekistonda o`tkazilgan qator muhim tadbirlar, masalan, Axbobrot-kommunikasiya texnologiyalari sohasiga mas`ul vazirlarning 4-yig`ilishi (2022 yil 25-26-oktabr, Samarqand) va Tashkilot transport vazirlarining yig`ilishi (2022 yil 27-28-oktabr, Toshkent shahri) yakunlari bo`yicha fikr almashildi.
Shundan so`ng O`zbekistonda TDT bilan birgalikda o`tkazilishi rejalashtitilgan uchrashuvlar jadvali, jumladan, Iqtisodiyot vazirlari yig`ilishi (2022 - yil 9 noyabr, Samarqand) hamda Tashqi ishlar vazirlari Kengashining yig`ilishiga (2022 yil 10 noyabr, Samarqand) doir turli jihatlar ko`rib chiqilgan.
"Joriy yil 11 noyabr kuni Samarqand shahrida bo`lib o`tadigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitini tayyorlash va o`tkazish bilan bog`liq masalalarga alohida e`tibor qaratildi.
Muzokaralarda xalqaro va mintaqaviy kun tartibining ba`zi mavzulari ham muhokama qilindi", — deyiladi xabarda.






