Ayni kunlarda Surxondaryo viloyatiTermiz shahrida Baxshichilik san`ati yo`nalishida baxshilar, oqinlar va jirov ijrochilarining respublika festivali bo`lib o`tmoqda.
27-29 oktyabr kunlari uchun muljallangan ushbu tadbirda respublikaning barcha hududlaridan kelgan ijrochilar turli dostonlar, termalar va xalq og`zaki ijodi namunalari bilan chiqishlar qilishadi, deya xabar bermoqda Darakchi.uz' muxbiri.
Ma`lum bo`lishicha, 3 kun davom etadigan festival so`ngida g`oliblarga:
- Grand pri uchun 10 mln. so`m;
- 1-o`rin uchun 8 mln. so`m;
- 2-o`rin uchun 6 mln. so`m;
- 3-o`rin uchun esa 5 mln. so`mlik pul mukofotlari va festivalning maxsus statuetkasi topshiriladi.






