AsosiySiyosat

Abdulla Aripov MDH Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etmoqda

'Abdulla Aripov MDH Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etmoqda'ning rasmi

Bugun Ostona shahrida MDHga a`zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining majlisi o`z ishini boshladi, deb xabar qilayapti "Dunyo"AA.

"Kazinform" davlat axborot agentligi ma`lumotiga ko`ra, tadbir delegasiya rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi bilan boshlandi. 

Shundan so`ng so`ng kengaytirilgan tarkibda uchrashuv bo`lib o`tadi. Qozog`iston Bosh vaziri Alixan Smoilov raisligidagi yig`ilishda Ozarbayjon hukumati rahbari Ali Asadov, Belarus hukumati rahbari Roman Golovchenko, Rossiya hukumati rahbari Mixail Mishustin, O`zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov, Tojikiston Bosh vaziri Kohir Rasulzoda, Qirg`iziston Prezidenti Administrasiyasi rahbari Oqilbek Japarov, Armaniston Bosh vaziri o`rinbosari Mher Grigoryan va Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o`rinbosari Xo`jamirat Geldimiradov ishtirok etmoqda.

MDH HRK majlisida MDHda iqtisodiy hamkorlik,  xizmatlarning erkin savdosini tashkil etish, foydalanish va investisiya qilish to`g`risidagi bitim, Hamdo`stlik Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisini o`tkazish va boshqa qator masalalar muhokama qilinmoqda.

    Boshqa yangiliklar