AsosiyJamiyat

Toshkent va Buxoroda yaroqsiz go`sht mahsulotlari sotuvga chiqarilayotgani aniqlandi

'Toshkent va Buxoroda yaroqsiz go`sht mahsulotlari sotuvga chiqarilayotgani aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tuman bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, Zangiota va Jondor tumanlarida iste`molga yaroqsiz go`sht mahsulotining sotuvga qo`yilishining oldi olindi.  Bu haqda prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fuqaro B.T. yashirin sex tashkil qilib, sanitariya qoidalariga zid ravishda turli xildagi go`sht mahsulotlari tayyorlab, sotish bilan shug`ullanib kelayotganligi aniqlanib, tadbir yakunida iste`molchilarning hayoti va sog`ligi xavfsizligi talablariga javob bermaydigan jami 1 271,5 kg go`sht mahsuloti ashyoviy dalil sifatida olingan. 

Shu kabi, Departamentning Jondor tuman bo`limi tomonidan tegishli mutasaddi tashkilotlar xodimlari bilan o`tkazilgan o`rganish davomida, fuqaro F.F. “Jondor tuman EKO bozor” MChJ hududida iste`molchilarning hayoti va sog`ligi xavfsizligi talablariga javob bermaydigan 1 100 kg go`sht mahsulotini muomalaga kiritish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlangan.

 Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksning 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o`tkazish maqsadini ko`zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o`tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko`rsatish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar