AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 1 noyabrdan fuqarolarni vaqtincha turgan joyi bo`yicha maxsus planshet orqali ro`yxatga olish sinov tariqasida boshlanadi

'O`zbekistonda 1 noyabrdan fuqarolarni vaqtincha turgan joyi bo`yicha maxsus planshet orqali ro`yxatga olish sinov tariqasida boshlanadi'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan 2022 yil 1 noyabrdan 2023 yil 1 sentyabrga qadar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ichki ishlar organlari tayanch punktlari hamda profilaktika inspektorlari tomonidan O`zbekiston fuqarolarini vaqtincha turgan joyi bo`yicha maxsus planshet qurilmalari orqali elektron ro`yxatga olish faoliyati tajriba-sinov tariqasida tashkil etiladi.

Tajriba-sinov doirasida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida O`zbekiston fuqarolarini vaqtincha turgan joyi bo`yicha ro`yxatga olish, ularning xohishiga ko`ra, qulay manzildagi profilaktika inspektorlari, Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo`linmalari, davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali tomonidan amalga oshiriladi.

 

    Boshqa yangiliklar