Rossiya Prezidenti Janubiy Koreyani Ukrainaga qurol etkazib berishda ayblagandi. Seul Kievga hujumkor qurollarni bermagan. Bu haqda Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok El ma`lum qildi, deya yozmoqda "Zamon.uz"
Payshanba kuni Vladimir Putin "Valday" klubidagi nutqida Koreya Respublikasini Ukrainaga qurol etkazib berishga qaror qilganini aytgandi. Shuningdek, Rossiya etakchisi agar Moskva KXDRga qurol jo`natsa, bu Seulga yoqmasligini ham ta`kidladi.
"Biz Ukrainaga gumanitar yordam berish masalasida xalqaro hamjamiyat bilan birgamiz va hech qanday hujumkor qurollar bermaganmiz. Ammo nima bo`lgan taqdirda ham bu suverenitet masalasi", — degan Yun Sok El jurnalistlar bilan suhbatda.
Seul AQShning eng muhim ittifoqchilaridan biri bo`lsa-da, Ukrainaga hujumkor qurollar berishdan qochib keladi. Bu Rossiya bilan iqtisodiy masalalarda kelishmovchiliklardan qochish hamda Moskvaning Shimoliy Koreyaga ta`siri bilan izohlanadi.
"Biz barcha davlatlar, xususan, Rossiya bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolishga harakat qilyapmiz", — degan Janubiy Koreya Prezidenti.






