AsosiyJamiyat

"Xatolik tufayli bo`lgan". Rossiyada safarbarlikka chaqiruv olgan o`zbekistonliklar bilan uchrashuv o`tkazildi (video)

'"Xatolik tufayli bo`lgan". Rossiyada safarbarlikka chaqiruv olgan o`zbekistonliklar bilan uchrashuv o`tkazildi (video)'ning rasmi

Avvalroq, Rossiyaning Orlov viloyatida ishlayotgan o`zbekistonlik mehnat migrantlarini safarbarlikka jalb qilish uchun chaqiruvlar kelgani haqida xabarlar tarqalgan va holat O`zbekiston tomonidan nazoratga olingani aytilgan edi. 

Ayni vaqtda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, ishchi guruh voqea joyiga etib borib, yurtdoshlarimiz va tashkilot rahbari bilan uchrashdi.

Ma`lum bo`lishicha, xatolik tufayli o`zbekistonlik mehnat migrantlariga safarbarlikka jalb qilish uchun chaqiruvlar berilgan. Bu haqda ish beruvchidan rasmiy xat olindi.

Rossiya Federasiyasi prezidenti qaroriga muvofiq, chet el fuqarolarini safarbarlikka jalb qilish mumkin emasligi yuzasidan tushuntirishlar berildi hamda yurtdoshlarimizning ish va yashash sharoitlari bilan tanishildi.

"Rossiyadagi o`zbekistonlik mehnat migrantlaridan yana bir bor harbiy harakatlarga aralashmaslikni, nizoli hududlarga bormaslikni hamda bunday holatlarga duch kelsa, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi va boshqa vakolatli tashkilotlarga murojaat qilishlarini so`raymiz", - deyiladi xabarda. 

 

    Boshqa yangiliklar