AsosiyJamiyat

⚡️Issiqxonalarni ko`mir bilan isitishga o`tilishi mumkin

'⚡️Issiqxonalarni ko`mir bilan isitishga o`tilishi mumkin'ning rasmi

Biroz avval Prezident topshirig`i bilan Sardor Umurzoqov boshchiligida o`tkazilayotgan yig`ilishdan xabar qilgan edik. Yig`ilishda issiqxonalarni gaz bilan ta`minlash masalasi muhokama qilinayotgan edi. 

O`z navbatida yig`ilishda issiqxonalarni muqobil energiya (ko`mir)ga o`tkazish masalasi ham muhokama qilindi.

So`zga chiqqan tadbirkorlarning barchasi issiqxonalarni ko`mir orqali isitishga o`tish ma`lum vaqt talab etishi, buni avval har tomonlama o`rganib chiqish, sinchkovlik bilan sinovdan o`tkazish, tijoriy tomonlarini hisob-kitob qilish zarurligini ta`kidladi. Mazkur masala yuzasidan ishchi guruh tuzilib, tegishli mutaxassislar va tadbirkorlar bilan birgalikda holatni batafsil o`rganib chiqish yuzasidan topshiriq berildi.

Bunda ishchi guruh har bir issiqxona kesimida ularning moliyaviy ahvolini o`rganib chiqib, tadbirkorlarni qo`llab-quvvatlash yuzasidan aniq asoslangan takliflar tayyorlaydi. O`z navbatida issiqxona yurituvchi tadbirkorlarga o`z hosillarini nes-nobud qilmasdan etishtirib olishi uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida 1 kun ichida tegishli manbalardan moliyaviy mablag` bilan ta`minlash bo`yicha ko`rsatmalar berildi.

    Boshqa yangiliklar