UNESCO va Maktabgacha ta`lim vazirligi Toshkentda kichik yoshdagi bolalarni ta`lim-tarbiya berish bo`yicha II Butunjahon konferensiyasi doirasida bo`lib o`tadigan keng ko`lamli fotoko`rgazma uchun fotokonkurs e`lon qilingan edi.
Vazirlikning ma`lum qilishicha, ushbu xabar e`lon qilinganidan so`ng O`zbekistonda 100 dan ortiq fotosuratchilar o`z ishlarini yuborishgan va 450 dan ortiq bolalar ishtirokidagi fotosuratlar jamlanmasi to`plangan.
Tashkilotchilar mamlakatdagi barcha fotosuratchilarni 30 oktyabrga qadar davom etadigan tanlov uchun o`z ishlarini yuborishga chorlamoqda.
"O`zbekistan" fotosuratlar to`plamiga kiradigan g`olib mualliflar o`z ishlari bilan Parijdagi fotoko`rgazmada shaxsan qatnashish imkoniyatiga ega bo`ladilar.
Dunyo bo`ylab fotosuratchilarning e`tiborini jalb qilish va butun dunyo bo`ylab ekspozisiyani to`plash uchun xalqaro maslahatchi va ekspert Benua Delplank rahbarligidagi jamoa fotosuratlarni tanlash uchun jalb qilingan. U professional prodyuser bo`lib, san`at maydonchalari uchun ekspozisiyalarni tashkil qilishda keng tajribaga ega.
Fotoko`rgazma 14-20 noyabr kunlari “Humo Arena” da bo`lib o`tadi. Kirish bepul, animatorlar, o`yin maydonlari onalar va bolalar uchun ishlaydi.






