AsosiyJamiyat

Namangan viloyati hokimining mashinasi odam urib yubordi

'Namangan viloyati hokimining mashinasi odam urib yubordi'ning rasmi

Yo`l transport hodisasi bo`yicha barcha xujjatlar IIB tomonidan rasmiylashtirilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati hokimining yo`lovchini urib ketganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Viloyat hokimligi hodisaga aniqlik kiritdi.

Berilgan xabarga ko`ra, 7 oktyabr kuni soat 12:50lar chamasida Namangan viloyati hokimligi tasarrufidagi Toyota Land Cruiser rusumli avtomobili Namangan-Uychi-Uchqo`rg`on yo`lining 8-kilometrida baxtsiz hodisa tufayli yo`lni kesib o`tayotgan 2017 yilda tug`ilgan fuqaroni turtib yuborgan. 

Yo`lovchini zudlik bilan tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgan. To`liq tibbiy tekshiruv o`tkazilgan, jiddiy shikastlanish aniqlanmagan, faqatgina yuz sohasida shilinish bo`lgan, tez tibbiy yordam ko`rsatilgan. 

"Qo`shimcha davolanish talab etilmaydi. Hozirda yo`lovchining ahvoli yaxshi va o`zining uyida odatdagi hayotiy faoliyatini davom ettirmoqda", — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar