2022 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida doimiy aholining o`rtacha umr ko`rish davomiyligi 73,8 yoshni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo`mitasi xabar qildi.
Qo`mita ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida doimiy aholining o`rtacha yoshi eng katta bo`lgan tuman va shaharlar:
— Yakkasaroy tumani – 36,8 yosh
— Mirzo Ulug`bek tumani – 34,6 yosh
— Mirobod tumani – 34,4 yosh
— Chipchiq shahri – 34,1 yosh
— Yunusobod tumani – 33,4 yosh
— Yashnobod tumani – 33,2 yosh
— Chilonzor tumani – 32,8 yosh
— Buxoro shahri – 32,7 yosh
— Tomdi tumani – 32,2 yosh
— Nurafshon shahri – 32,2 yoshni tashkil etmoqda.






