Bugun, 26 oktyabr kuni soat 08:00 larda, Samarqand viloyati, Toyloq tumani hududidan o`tuvchi M-39 avtomobil yo`lida harakatlanib ketayotgan "Damas" rusumli avtomobilning dvigatel qismida qisqa tutashuv va uning ortidan yong`in yuzaga kelgan. Bu haqda YHXB xabar berdi.
Haydovchi zudlik bilan avtomobilni to`xtatgan.
Yong`in o`t o`chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Yong`in natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo`q.
Mazkur hodisa yuzasidan tuman FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda" deyiladi xabarda.






