“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to`g`risida”gi Prezident qarori qarori qabul qilindi. Bu haqda Huquqiy axborot xabar qilmoqda.
Qarorga muvofiq, O`zbekiston hamda Turkiya Respublikasi Hukumati o`rtasida davlat chegaralari orqali tovarlar va transport vositalarining o`tishi haqida oldindan axborot almashish to`g`risidagi bayonnoma tasdiqlandi.
Mazkur bayonnoma 2022 yil 29 mart kuni Toshkent shahrida imzolangan.
Davlat bojxona qo`mitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas`ul bo`lgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin O`zbekistonning majburiyatlari bajarilishini ta`minlaydi.
26.10.2022 11:56
Turkiya bilan chegaralar orqali tovarlar va transportlar o`tishining axborot almashinuvi bo`yicha hamkorlik qilinadi






