AsosiySiyosat

Prezident ertaga Ostona shahriga jo`nab ketadi

'Prezident ertaga Ostona shahriga jo`nab ketadi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev davlat rahbarlarining “Markaziy Osiyo – Evropa Ittifoqi” formatidagi birinchi majlisida ishtirok etish uchun  27 oktyabr kuni amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo`ladi.

Tadbirda Evropa kengashi Prezidenti Sharl Mishel va mintaqamiz mamlakatlarining etakchilari ishtirok etishi ko`zda tutilgan.

Sammit kun tartibiga muvofiq, siyosiy muloqotni rivojlantirish, hududlararo hamkorlikni kengaytirish, savdo-iqtisodiy sheriklik va madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish istiqbollari muhokama qilinadi.

Shu kun kechasi Evropa kengashi Prezidenti Sharl Mishel O`zbekiston Respublikasiga kelishi kutilmoqda.

28 oktyabr kuni O`zbekiston va EI o`rtasida oliy darajadagi muzokaralar bo`lib o`tadi. Mamlakatimizning Evropa Ittifoqi bilan ikki va ko`p tomonlama hamkorligiga oid masalalarning keng doirasi ko`rib chiqiladi. 

Oliy martabali mehmon yurtimizga tashrifi chog`ida Samarqand shahriga tashrif buyuradi.

Shavkat Mirziyoev Qozog`istonda Davlat rahbarlarining “Markaziy Osiyo – Evropa Ittifoqi” formatidagi birinchi majlisida ishtirok etadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar