Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoning Muborak tumanida ikkita bir-biriga urilib ketgan "Jentra"lardan biri yonib ketgani aks etgan videolar tarqaldi.
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo`l harakati xavfsizligi xizmatining ma`lum qilishicha, ushbu avtohalokat 2022 yil 26 oktyabr kuni, bugun soat 10:50 larda Qashqadaryo viloyati, Muborak tumani hududidan o`tuvchi A-380 “G`uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo`lining 108-kilometrida sodir bo`lgan.
Haydovchi, 1999 yilda tug`ilgan D.T. boshqaruvidagi "Lacetti" hamda haydovchi, 1994 yilda tug`ilgan T.T. boshqaruvidagi yana bir "Lacetti" rusumli avtomobillar ishtirokida to`qnashuv sodir bo`lgan. To`qnashuv natijasida avtomobillarning birida yong`in yuzaga kelgan.
Hodisa natijasida ikki nafar yo`lovchi shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Muborak tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






