AsosiyDunyo

Yun Sok Yol KXDR yadro dasturini dunyoga "chaqiriq" sifatida baholadi

'Yun Sok Yol KXDR yadro dasturini dunyoga "chaqiriq" sifatida baholadi'ning rasmi

KXDR navbatdagi yadro sinovlariga tayyorgarlikni yakunladi. "Zamon.uz' saytining xabar berishicha, Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol buni ma`lum qilgan.

“Shimoliy Koreya nafaqat yadro qurolidan birinchi bo`lib foydalanishini ochiq aytdi, balki, katta ehtimol bilan yadro sinovlariga tayyorgarlikni yakunladi”, – degan Prezident mamlakat parlamentidagi chiqishida.

Uning qo`shimcha qilishicha, Pxenyan to`xtovsiz ravishda ballistik raketalar uchirishda davom etmoqda va bu kabi intensivlik avval kuzatilmagan. Yun Sok Yol raketa sinovlarini xalqaro hamjamiyatga chaqiriq sifatida baholagan.

"KXDR tomondan kelayotgan tahdidga qarshi Janubiy Koreya etakchisi AQSh va Yaponiya bilan mudofaa sohasida hamkorlikni kengaytirishini ta`kidlagan. Shu bilan birga shimolliklar yadro dasturidan voz kechgan taqdirda Seul qo`shnisiga katta iqtisodiy yordam va`da qilgan" — deyiladi xabarda

    Boshqa yangiliklar