AsosiyJamiyat

Qashqadaryo hokimining hisobotidan so`ng Prezident mutasaddilarga bir nechta topshiriq berdi

'Qashqadaryo hokimining hisobotidan so`ng Prezident mutasaddilarga bir nechta topshiriq berdi'ning rasmi

Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

 Jumladan:

- Shahrisabzning Miraki, Suvtushar va Sarchashma, Kitobning Qaynar va Bashir, Qamashidagi Beshterak va Mirishkordagi Jeynov qishloqlarida turizmni rivojlantirish;

- yil yakuniga qadar Qashqadaryo viloyatida mavjud 46 ta kon zaxiralarini xatlovdan o`tkazib, auksionga chiqarish;

- Muborak, Nishon, G`uzor va Mirishkor tumanlarida sotilmasdan turgan 82 ta davlat mulki narxini 50 foizga kamaytirib, savdoga chiqarish;

- Shahrisabz shahridagi bo`sh turgan mulklar negizida kichik sanoat zonalari tashkil etish;

- “Rubikon Voter” texnologiyasi asosida Qashqadaryoda sug`orish tizimini yaxshilash loyihasini kengaytirish masalasini ishlab chiqish;

- 2023 yil 1 iyulga qadar G`uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu yo`lining 100 kilometr qismini ta`mirlash loyihasini ishlab chiqib, ishlarni boshlash;

- yil yakuniga qadar Samarqanddan Shahrisabzga o`tuvchi 30 kilometr yo`lni ta`mirlash loyihasini ishlab chiqish;

- Koson tumanidagi industrial zona infratuzilmasi uchun 40 milliard so`m ajratish vazifasi qo`yildi.

 

    Boshqa yangiliklar