AsosiyJamiyat

O`zbekistonda davlat byudjetiga 33,2 trln so`m bojxona to`lovlari undirildi

'O`zbekistonda davlat byudjetiga 33,2 trln so`m bojxona to`lovlari undirildi'ning rasmi

O`zbekistonda 9 oy davomida davlat byudjetiga 33,2 trillion so`m bojxona to`lovlari undirildi. Bu 2021 yilning shu davriga nisbatan 40 foizga ko`p. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga bojxona to`lovlarida  40,3 trillion so`mlik imtizyolar qo`llanilgan va aylanma mablag` sifatida 15 mingdan ziyod xo`jalik sub`ektlarining ixtiyorida qoldirilgan. Bojxona to`lovlaridan berilgan imtiyozlar 2021 yilning shu davriga nisbatan 54 foizga oshgan.

Xavflarni boshqarish va yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish yo`nalishlarida 1,16 trillion so`m miqdorida qo`shimcha bojxona to`lovlari undirilgan. Davlat bojxona xizmati organlari tezkor tuzilmalari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlarda 689 kilodan ziyod giyohvandlik vositalari to`xtatib qolingan. Bu ko`rsatkich o`tgan yilning shu davriga nisbatan 2,3 barobarga ortgan.

Shuningdek, 244 ming dona kuchli ta`sir etuvchi va 4 ming dona psixotrop moddalar ushlab qolingan. 12,8 mingdan ortiq holatda 682 milliard so`mlik tovarlarning noqonuniy aylanuvi aniqlanib, qonunbuzarliklarga qarshi kurashish samaradorligi 57 foizga oshgan.

Bundan tashqari, 9 oy davomida 1,5  million quti tamaki mahsulotlari, 4,3 million dollarga teng naqd xorijiy valyuta, 12 milliard so`mlik zargarlik buyumlari, 1516 dona madaniy boyliklarning noqonuniy aylanuviga chek qo`yilgan. Tovarlarni bojxona ko`rigidan o`tkazishda huquqbuzarliklarni aniqlash samaradorligi 60 foizdan, olib qo`yilgan tovarlar 54 foizdan ortib, 389 milliard so`mni tashkil etgan.

    Boshqa yangiliklar