Hokimning Prezidentga bergan hisoboti davom etmoqda. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Qashqadaryo hokimi sanoat yo`nalishida ishlab chiqarish 15 trillion so`mni, aholi jon boshiga 4,4 million so`mni tashkil qilgani, sohada band aholi qariyb 44,8 ming nafar ekanini ma`lum qildi.
2023 yilda drayver sohalarda yirik loyihalarni amalga oshirish hisobiga bu ko`rsatkichlarni tegishlicha 24 trillion so`m, 6,3 million so`m va 45,2 ming nafarga etkazish maqsad qilingan.
2022 yilda umumiy qiymati 1,9 milliard dollarlik 844 ta investisiya loyihasi amalga oshirilmoqda. Natijada 12,4 mingta ish o`rni yaratiladi.
2023 yilda 3,4 milliard dollarlik 769 ta investisiya loyihasini amalga oshirish, buning natijasida 13 186 ta ish o`rni yaratish, ishlab chiqarish hajmini 2,9 trillion so`mga, byudjetga tushumlarni 712 milliard so`mga, eksportni 165 million dollarga oshirish, 110 million dollarlik importni o`rnini bosish kutilmoqda.
Viloyatning eksport hajmi 2022 yilda 26 foizga o`sib, 280 million dollarni tashkil etishi kutilmoqda. 2023 yilda bu ko`rsatkichni 400 million dollarga etkazish rejalashtirilgan.






