Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tuman bo`limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi.
Unda fuqaro A.A. fuqaro X.ning ishonchiga kirib, unga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 20 000 AQSh dollari evaziga “Toshkent-Dushanbe” avtomobil yo`lining 130-139 km qismini rekonstruksiya qilish bo`yicha 8 mlrd so`mlik subpudrat shartnomasini olib berishni va`da qilib, shundan 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






