AsosiyDunyo

Germaniya prezidenti urush boshlanganidan beri ilk bor Ukrainaga keldi

'Germaniya prezidenti urush boshlanganidan beri ilk bor Ukrainaga keldi'ning rasmi

Germaniya prezidenti Shtaynmayer urush boshlanganidan beri birinchi marta Ukrainaga keldi.

Qayd etilishicha, davlat rahbari Kievga poezdda kelgan.

Xabarlarga ko`ra, Shtaynmaer kun davomida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashadi.

Zelenskiy bu haqda 20 oktyabr kuni ma`lum qilgan edi.

Shtaynmayerning bahorda Kievga rejalashtirilgan tashrifi Ukraina hukumati tomonidan bekor qilingan. Der Spiegel jurnalining yozishicha, Germaniya prezidenti tashrifning bekor qilinishini “tarixiy haqorat” deb hisoblagan va Zelenskiydan uchrashuvni buzgani uchun uzr so`rashni talab qilgan. 

    Boshqa yangiliklar