AsosiyJamiyat

Qabuliga kelganlarga poygakdan joy beradigan Andijon tuman hokimining o`rniga yangisi tayinlandi

'Qabuliga kelganlarga poygakdan joy beradigan Andijon tuman hokimining o`rniga yangisi tayinlandi'ning rasmi

Mamatkarimov Baxtiyor Rustamovich Andijon tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Andijon viloyat hokimligi xabar bermoqda. Baxtiyor Mamatkarimov tayinlovga qadar “O`ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining moliya va marketing bo`yicha o`rinbosari lavozimida ishlagan.

Ma`lumot uchun: Mamatkarimov Baxtiyor 1980 yil Qo`rg`ontepa tumanida tug`ilgan. 2000 yilda Toshkent moliya instituti, 2013 yilda O`zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, 2021 yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.

Mehnat faoliyatini 2001 yilda ““Asakabank” davlat aksiyadorlik tijorat banki Andijon viloyati filiali valyuta sho``basi pul almashtirish shahobchasi kassiri vazifasidan boshlagan.  

2003-2020 yillarda Asakabank” davlat aksiyadorlik tijorat banki Andijon viloyati filiali kredit bo`limi mutaxassisi, valyuta va savdo amaliyotlar bo`limi boshlig`i, kredit bo`limi bosh mutaxassisi, “Asakabank” davlat aksiyadorlik tijorat banki Andijon viloyati filiali ichki nazorat sektori mutaxassisi, jamg`arma amaliyotlar sho``basi mudiri, Markaziy bank Andijon viloyati bosh boshqarmasi Tijorat banklarini nazorat qilish bo`limi iqtisodchisi, Banklar va nobank kredit tashkilotlarini nazorat qilish bo`limi iqtisodchisi, “Trastbank” xususiy ochiq aksiyadorlik birja banki Ichki audit boshqarmasi bosh mutaxassisi, boshqarma boshlig`i o`rinbosari, boshqarma boshlig`i, Ichki audit departamenti direktori, “Neftgazinvest” mas`uliyati cheklangan jamiyati tuzilgan shartnomalarning ijrosini monitoring qilish bo`yicha guruhi rahbari, “O`zLITIneftgaz” AJ boshqaruvi raisining iqtisod va moliya bo`yicha o`rinbosari vazifalarida faoliyat yuritgan.  

Eslatib o`tamiz, Andijon tumanining sobiq hokimi Abdujabbor Egamberdiev tuman fuqarolarini noan`anaviy tarzda qabul qilgani, o`zi ayvonchaning to`rida, fuqarolar esa poygakdan joy olgani keng muhokamalarga sabab bo`lgach, ishdan olingan edi.

    Boshqa yangiliklar