AsosiyDunyo

Evropada koronavirusga chalinish holatlari qariyb ikki oyda uch baravar oshdi - JSST

'Evropada koronavirusga chalinish holatlari qariyb ikki oyda uch baravar oshdi - JSST'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti Evropa byurosi rahbari Xans Klyugening ma`lum qilishicha, “ko`hna qit`a”da koronavirusga chalingan bemorlar soni sentyabr oyi boshidan shu kungacha uch baravar oshdi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ayniqsa, oktyabr oyining ikkinchi haftasida mintaqada epidemiologik vaziyat yanada yomonlashdi. Ushbu davrda dunyo bo`yicha ro`yxatga olingan bemorlarning qariyb 60 foizi va yangi o`lim holatlarining 42 foizi Evropada qayd etildi.  

So`nggi tahlillarga ko`ra, mintaqada pandemiya boshlangandan hozirgacha 260 million kishiga COVID-19 tashxisi qo`yilgan. Ulardan 2,1 million nafari kasallik oqibatida hayotdan ko`z yumgan.

 ️JSST vakilining qayd etishicha, ayni paytda gripp va koronavirus infeksiyalari parellel ravishda keng tarqalayotgani aholi, ayniqsa, keksalar, immuniteti zaif kishilar, homilador ayollar va chaqaloqlar salomatligini yanada kuchliroq himoya qilishni talab etadi. Buning eng samarali chorasi esa har ikki kasallikka qarshi emlanishdir.  

 

 

    Boshqa yangiliklar