Agar Vladimir Zelenskiy harbiy harakatlarni to`xtatsa, Ukraina mustaqil davlatmaqomini yo`qotadi. Bu haqda NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg aytib o`tdi, deya yozmoqda "Zamon.uz".
“Biz Rossiyaning harakatlariga, u erda kim bo`lishidan qat`i nazar, munosabat bildiramiz. Va ularni bu harakatlarni to`xtatishga undashda davom etamiz. Bu mojaroni boshlagan Prezident Putin edi va u ertaga o`z qo`shinlarini olib chiqib, uni tugatishi mumkin. Shuni yodda tutishimiz kerakki, agar Putin va Rossiya harbiy harakatlarni to`xtatsa, tinchlikka erishiladi. Agar Prezident Zelenskiy va Kiev to`xtasa, Ukraina mustaqil davlat sifatida mavjud bo`lishni to`xtatadi. Biz bunday bo`lishini xohlamaymiz. Shuning uchun Ukrainani qo`llab-quvvatlaymiz”, — dedi Stoltenberg.
Uning ta`kidlashicha, NATOning eng ustuvor vazifasi Ukrainaga harbiy yordam ko`rsatishdir. Stoltenbergning aytishicha, jang maydonidagi g`alaba Ukraina Qurolli Kuchlarining xizmati, ammo NATO ko`magisiz ular bu muvaffaqiyatlarga erisha olmagan bo`lardi va ruslarni so`nggi haftalarda bo`lgan yo`lidan ortga qaytara olmas edi.
Bundan tashqari, Stoltenberg NATOni qo`rqitish yoki Rossiyaning yadroviy shantajiga chidashga majburlashning imkoni yo`qligini qayd etgan.






