AsosiyJamiyat

Prezident bir guruh ichki ishlar organlari xodimlarini mukofotladi (ro`yxat)

'Prezident bir guruh ichki ishlar organlari xodimlarini mukofotladi (ro`yxat)'ning rasmi

Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni e`lon qilindi. 

Unga ko`ra, ichki ishlar organlaridagi ko`p yillik samarali mehnati, xalqimiz osoyishtaligi va jamoat xavfsizligini ta`minlash, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga qo`shgan munosib hissasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish yo`lidagi ibratli faoliyati, sharafli burchini bajarishda mardlik va jasorat namunasini ko`rsatgani, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi alohida xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlandi: 

«Mardlik» ordeni bilan

Sobirov Azizbek Ulug`bekovich – Qoraqalpog`iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi boshqarma boshlig`i

 «Do`stlik» ordeni bilan

Axmedova Asiya Mustafaevna – Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasi o`ta muhim ishlar bo`yicha tergovchisi

Bekmurzaev Azamat  Erejepbaevich – Qoraqalpog`iston Respublikasi Transportda xavfsizlikni ta`minlash boshqarmasi Nukus aeroportida xavfsizlikni ta`minlash bo`limi boshlig`i

«Jasorat» medali bilan

Aripov Qurbonali Abduraximovich – Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo`l-patrul xizmati inspektori

Sidiqov Dilshod G`ayratovich – O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti otryad kichik mutaxassisi

Sobitov Jobirxon Sodiqxonovich – Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati bataloni safdor xodimi

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan

Saidov Odilbek Kudratovich – Surxondaryo viloyati Boysun tumani ichki ishlar bo`limi boshlig`ining birinchi o`rinbosari

Sirajova Maxfuza Eshmurzaevna – Toshkent viloyati Chinoz tumani ichki ishlar bo`limi xotin-qizlar masalalari bo`yicha inspektori

Umarov Aslitdin Muxtarovich – Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumani bo`yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi patrul-post xizmati safdor xodimi

Umedov Mexriddin Xamidovich – Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati bataloni safdor xodimi

Xayitboev Xamidullo Mirabdullo o`g`li – Andijon viloyati Izboskan tumani ichki ishlar bo`limi profilaktika katta inspektori

Xomidov Yursunali Shokirovich – Farg`ona viloyati Farg`ona tumani ichki ishlar bo`limi profilaktika katta inspektori

«Shuhrat» medali bilan

Dushamov Dilshod Kuzibaevich – O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti o`ta muhim ishlar bo`yicha tezkor vakili

Qalandarov Baxodir Sapaevich – Xorazm viloyati Yangiariq tumani ichki ishlar bo`limi profilaktika katta inspektori

Normatov To`lanboy Abdunazarovich – Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo`l-patrul xizmati inspektori

Talbabaeva Nargiza Abdurasulovna – O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm ob`ektlarida xavfsizlikni ta`minlash departamenti inspektori

Fattullaev Bobir Nematovich – Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ekspert-kriminalistika bo`limi boshlig`i

Xudoyqulov Alisher Abdumajidovich – Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani ichki ishlar bo`limi 2-ichki ishlar bo`linmasi boshlig`i

Egamberdiev Fozil Safarboevich – Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi o`ta muhim ishlar bo`yicha tezkor vakili

Yusupov Qahramon Yuldashboevich – Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo`l-patrul xizmati inspektori

    Boshqa yangiliklar