Rossiya prezidenti Germaniya kansleri Olaf Shols va Fransiya etakchisi Makrondan ko`ra turkiyalik hamkasbi Rejjep Toyyip Erdo`g`on bilan Anqara pozisiyasi tufayli tez-tez muloqot qilmoqda. Bu haqda RF rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma`lum qildi.
"Anqara Parij va Berlinnikidan farqli pozisiyani egallaydi. Anqara Rossi bilan aloqalar uchun barcha sa`y-harakatlarini davom ettirishga tayyorligini ma`lum qildi. Prezident Putin esa Turkiyaning hamkorlik borasidagi ishlarini bir necha bor olqishlagan", — deydi Peskov.
Bundan tashqari, Rossiya Turkiya bilan "juda keng savdo-iqtisodiy aloqalarga ega", mamlakatlar turli yirik loyihalarni amalga oshirmoqda, dedi u.
"Bularning barchasi davlat rahbarlarining bir-biri bilan tez-tez muloqot qilishlari uchun sababdir", — deb tushuntiradi Kreml matbuot kotibi.
Uning so`zlariga ko`ra, Makron va Shols, so`nggi paytlarda Rossiya tomonining pozisiyasiga qandaydir tarzda "quloq solishni istamagan", shuningdek, vositachilik harakatlarida ishtirok etishgan, shuning uchun ular bilan aloqalar kamroq bo`lgan.






