Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkent – Sharm el-Shayx – Toshkent yo`nalishi bo`yicha aviaqatnovlar soni oshirilganini ma`lum qildi. Bu haqda kompaniya Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hozirda Misrdagi kurort shahriga qatnovlar haftada 1 marta – shanba kunlari amalga oshirilayotgan edi. Uzbekistan Airways joriy yilning 22 noyabrdan ushbu xalqaro yo`nalishda chorshanba kunlari qo`shimcha qatnovlarni yo`lga qo`yadi.
Toshkent – Sharm-el-Shayx yo`nalishidagi chiptalar narxi 2 396 845 so`mdan, Toshkent – Sharm-el-Shayx – Toshkent yo`nalishidagi aviachiptalar narxi esa 4 412 808 so`mdan boshlanadi.
Narxlar 24.10.2022 holatiga ko`ra amal qiladi.






