AsosiyJinoyat

Sherobodda 40 sotix er maydonini o`zboshimchalik bilan egallab olgan shaxs aniqlandi

'Sherobodda 40 sotix er maydonini o`zboshimchalik bilan egallab olgan shaxs aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sherobod tuman bo`limi tomonidan  tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.

Unda, fuqaro B.D. “Mehnatobod” mahallasidagi “Sh.Z.” fermer xo`jaligining 40 sotix sug`oriladigan ekin er maydonini o`zboshimchalik bilan egallab olib, 210 kv. metr maydonda qurilish ishlarini amalga oshirganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-1-moddasi (er uchastkalarini o`zboshimchalik bilan egallab olish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
 

    Boshqa yangiliklar