AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoevning Qozog`istonga tashrifi kutilmoqda

'Shavkat Mirziyoevning Qozog`istonga tashrifi kutilmoqda'ning rasmi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ishtirokida bo`lib o`tgan brifingda Shavkat Mirziyoevning joriy haftadagi ish jadvali haqida ma`lumot berildi, deya xabar qildi "Darakchi.uz" jurnalisti.  

Ta`kidlanishicha, joriy hafta ham Davlat rahbarining ish jadvali juda tig`iz bo`lib,  qator uchrashuv, muhokama, tashriflar bo`lib o`tadi.

Bugun kunning birinchi yarmida Prezidentimiz Rossiya Federasiyasi Hukumati raisi o`rinbosari – sanoat va savdo vaziri Denis Manturov bilan uchrashuv o`tkazdi. Unda iqtisodiy hamkorlik bo`yicha qo`shma hukumatlararo komissiya navbatdagi yig`ilishining asosiy yakunlari hamda savdo-iqtisodiy  va investisiyaviy sohalardagi o`zaro manfaatli hamkorlik loyihalarini ilgari surish masalalari ko`rib chiqildi.

Hafta davomida Davlat rahbari Evropa Kengashi Prezidenti Sharl Mishelni qabul qiladilar. Uchrashuv kun tartibidan O`zbekiston va Evropa Ittifoqining siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hakmkorligini muhokama qilish hamda mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar yuzasisdan fikr almashish o`rin olgan.

Bundan tashqari, hozirda qator xorijiy delegasiyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar tashkil etish masalasi ishlab chiqilmoqda.

27 oktyabr kuni Davlatimiz rahbari “Evropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo”  sammitida ishtirok etish uchun Qozog`iston Respublikasi poytaxti Ostona shahriga tashrif buyuradi.

Shu bilan birga, mazkur ish haftasidan boshlab hudud rahbarlari joylarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo`yicha Prezident huzurida hisobot berishni boshlaydi. Shuningdek, sog`liqni saqlash tizimidagi joriy va kelgusi ustuvor vazifalar yuzasidan muhokamalar rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar