AsosiyJamiyat

Surxondaryoda 10-sinf o`quvchisi telegram orqali jinoyat sodir etdi

'Surxondaryoda 10-sinf o`quvchisi telegram orqali jinoyat sodir etdi'ning rasmi

Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida yashovchi, fuqaro Z.J. ariza bilan murojaat qilib, telegram messenjeridagi «Avtokredit bosh to`lovsiz» guruhiga a`zo bo`lganligi, o`zini guruh administratori deb tanishtirgan shaxs uning ishonchiga kirib 3 yil muddatga 90.000.000 so`mga 16 foizdan «Neksiya 3» rusumli avtomashinani olib berishini va`da qilganligini, shundan so`ng kelishuv asosida boshlang`ich 2.180.000 so`m pulni qo`lga kiritgach telegram messenjeridagi yozishmalarini o`chirib tashlanganligini bildirib, guruh administratoriga nisbatan qonuniy chora ko`rishlikni so`ragan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida firibgarlik yo`li bilan pullarni o`zlashtirgan shaxs Jizzax viloyati Paxtakor tumanida yashovchi 2006 y.t., 10-sinf maktab o`quvchisi M.D. ekanligi aniqlangan.

M.D.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar