Koreya Respublikasi bilan sog`liqni saqlash sohasida hamkorlik qilinadi. Bu haqda “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–406-son, 20.10.2022 y.) qabul qilindi, deya xabar bermoqda Adliya vazirligi.
Qarorga muvofiq, O`zbekiston hamda Koreya Respublikasi Hukumati o`rtasida sog`liqni saqlash sohasida kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi javob choralarini ko`rishda hamkorlik qilish to`g`risidagi bitim tasdiqlandi.
Mazkur Bitim 2021 yil 17 dekabr kuni Seul shahrida imzolangan.
Sog`liqni saqlash vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan mas`ul bo`lgan vakolatli organlar etib belgilansin.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin O`zbekistonning majburiyatlari bajarilishini ta`minlaydi.






