AsosiyJamiyat

Shamol, chang-to`zonlar, yomg`ir: Bugun O`zbekistonda kutilayotgan ob-havo haqida ma`lumot berildi

'Shamol, chang-to`zonlar, yomg`ir: Bugun O`zbekistonda kutilayotgan ob-havo haqida ma`lumot berildi'ning rasmi

"O`zgidromet" markazi 22 oktyabr kuni O`zbekiston hududlarida kuzatiladigan ob-havo haqida ma`lumot berdi.

Unga ko`ra bugun O`bekistonda havo o`zgarib turadi, respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida va kechga tomon Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi. 

Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho`l hududlarda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 22-27 daraja bo`ladi. Toshkentda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 25-27 daraja bo`ladi. Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-20 daraja bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar