Kecha, 14 sentyabr kuni Sudyalar oliy kengashi yig`ilishi bo`lib o`tdi. Unda bir necha nafar sudyaning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatishga oid masala ham ko`rib chiqildi.
Yakunda Kengash qarori bilan:
Buxoro viloyati jinoyat ishlari bo`yicha Buxoro shahar sudining sudyasi S. Badriddinov sudyalik qasamyodini hamda Sudyalar odobi kodeksi talablarini buzganligi;
Surxondaryo viloyati fuqarolik ishlari bo`yicha Termiz tumanlararo sudining sudyasi N. Baratov va Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo`yicha Chirchiq tumanlararo sudining sudyasi F.Djalalova odil sudlovni amalga oshirish chog`ida qonuniylikni buzgani uchun lavozimidan ozod etilib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi.
Shuningdek, Toshkent viloyati Nurafshon tumanlararo ma`muriy sudining raisi B.Normamatov o`z arizasiga ko`ra, Sirdaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo`yicha sudyasi X. Nabiev vafot etgani sababli vakolatlari muddatidan ilgari tugatilib, lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati ma`lum qildi.






