AsosiySiyosat

Qirg`iziston va Xitoy etakchilari Samarqandda muzokara o`tkazdi

'Qirg`iziston va Xitoy etakchilari Samarqandda muzokara o`tkazdi'ning rasmi

Ular nimalar haqida gaplashdi? Asosiy fikrlar:

- Ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga to`sqinlik qiladigan hal etilmagan siyosiy muammolar yo`q, dedi Sadir Japarov.

- Qirg`iziston prezidenti qirg`iz-xitoy munosabatlarining rivojlanishi ikki mamlakat xalqlari manfaatlariga javob berishini va mintaqada barqaror rivojlanishga xizmat qilishini ta`kidladi.

O`z navbatida Si Szinpin quyidagicha javob berdi:

- Qirg`iziston Xitoyning do`st qo`shnilari va eng yaqin hamkorlaridan biri hisoblanadi. U bizning tashqi siyosatda muhimroq o`rin egallaydi

- Xitoy-Qirg`iziston-O`zbekiston temir yo`li, Chuy viloyatida irrigasiya kanallari qurilishini, yuk tashish hajmini oshirishni qo`llab-quvvatlaymiz va bundan manfaatdormiz.

- Si Szinpin Sadir Japarovning Qirg`izistonga tashrif buyurish taklifini qabul qildi, sana diplomatik kanallar orqali kelishib olinadi.

    Boshqa yangiliklar