AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda nazoratsiz qoldirilgan 3 yoshli bog`cha bolasini poezd urib ketdi(video)

'Qashqadaryoda nazoratsiz qoldirilgan 3 yoshli bog`cha bolasini poezd urib ketdi(video)'ning rasmi

Qashqadaryo Maktabgacha ta`lim boshqarmasi 3 yoshli bolani "Afrosiyob" tezyurar poezdi urib ketgani aytilgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda bog`cha tarbiyalanuvchisi bo`lgan 3 yoshli bolani "Afrosiyob" tezyurar poezdi urib ketgani haqidagi xabar va holat aks etgan videolar tarqaldi. Ma`lumotlarga ko`ra, voqea 9 sentyabr kuni soat 15:33 da Koson tumani "Qo`ng`irtog`" MFY, Kamandi qishlog`ida Qarshi—Maroqand temir yo`l yo`nalishida qatnovchi "Afrosiyob" yuqori tezyurar elektropoezdi bilan sodir bo`lgan.

Nazoratsiz qoldirilgan bola bog`cha hududidan chiqib, yaqin oradagi temir yo`lga borib qolgan. Poezd yo`liga chiqvolib ketayotganida "Afrosiyob" tezyurar elektropoezdi uni urib ketgan. Olingan jarohatlar oqibatida bola vafot etgan.

 

"Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, qo`shimcha ma`lumot taqdim etiladi", deyiladi viloyat XTB munosabatida.

Eslatib o`tamiz, bundan oldin Farg`onada 4 yoshli bola bog`chadan chiqib, cho`kib ketgandi. Holatga bog`cha tarbiyachilarining beparvoligi va bolani nazoratsiz qoldirganligi sabab qilib ko`rsatilgan edi Maktabgacha ta`lim vazirligi munosabatida.

    Boshqa yangiliklar