AsosiyJamiyat

O`zbekistonda havo qachondan isishi boshlaydi?

'O`zbekistonda havo qachondan isishi boshlaydi?'ning rasmi

O`zbekistonda havo harorati qachondan isishi ma`lum bo`ldi. Bu haqda "O`zgidromet" xabar berdi.

Qayd etilishicha, 14 centyabrdan boshlab kunlar asta-sekin isiydi, kelayotgan hafta ish kunlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. 13 sentyabr kuni sovuq antitsiklonning oxirgi bosqichi ta`sirida respublikada salqin havo saqlanadi.

Kunduzi harorat shimolda 28 daraja, janubda 33 darajagacha ko`tariladi. Boshqa viloyatlarda maksimal harorat 30 darajaga etishi prognoz qilingan. Kechasi harorat 10 daraja, tog`larda 5 darajagacha pasayishi ma`lum qilingan.

Shuningdek, 14 sentyabrdan boshlab kunlar isib boradi va 15 sentyabr Respublikaning barcha viloyatlarida issiq harorat kutilib, kunduzi 35 darajagacha ko`tariladi. Sinoptiklar 16 sentyabr kuni ham Toshkent, Jizzax, Sirdaryo va vodiy viloyatlarida issiq havo saqlanishini hamda havo harorati maksimumi 35 darajagacha ko`tarilishini prognoz qilgan.

    Boshqa yangiliklar