AsosiySiyosat

Hindiston Bosh vaziri ShHTga a`zo davlatlar Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisida ishtirok etadi

'Hindiston Bosh vaziri ShHTga a`zo davlatlar Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisida ishtirok etadi'ning rasmi

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi 15-16 sentyabr kunlari Samarqand shahrida bo`lib o`tadigan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo davlatlar Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyuradi. 

Sammit davomida etakchilar tashkilotning so`nggi yigirma yillik faoliyatini tahlil qilishi hamda ko`p tomonlama hamkorlik holati va kelgusi istiqbollarini muhokama qilishi kutilmoqda. Sammitda, shuningdek, mintaqaviy va global ahamiyatga molik dolzarb masalalar ham muhokama etiladi.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, Narendra Modi sammit doirasida bir nechta ikki tomonlama uchrashuvlar o`tkazadi. Bu haqda Hindiston bosh vazirining rasmiy idorasi xabar berdi.

    Boshqa yangiliklar