Univesitetda ichki surishtiruv boshlandi.
Ayni damda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarga ko`ra, universitetda rektorga salom bermagani uchun talabani kaltaklashgan.
Yozilishicha, talabalar orasida va ijtimoiy tarmoqlarda ma`lum bo`lganidan so`ng, talabalar ta`lim muassasasining telegramdagi "Talaba murojaati" nomli guruhida ma`muriyatga norozilik ruhida turli xil gaplarni yozishgan, ko`p o`tmay bu yozishmalar o`chirib tashlangan, shuningdek, jabrlanuvchining akkauntini bloklab, guruhga qo`shilishini cheklab qo`yishgan.
Mazkur holat yuzasidan universitet bayonot bilan chiqib, yaqin soatlarda holat yuzasidan aniq ma`lumotlar berilishini ma`lum qildi.
"O`zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti ma`muriyati hozirgina ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan universitetga doir xabar bo`yicha ichki surishtiruvlarni boshlagan va masala barcha tarafdan to`liq o`rganilmoqda",-deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, universitet tashkil etilganidan buyon bu kabi holatlar umuman kuzatilmagan va universitet jamoasi, ayniqsa, rektori tomonidan talabalarga nisbatan har qanday salbiy munosabat doim qoralanadi.






