AsosiyDunyo

BMT dunyoda qancha odam savodsiz ekanini ma`lum qildi

'BMT dunyoda qancha odam savodsiz ekanini ma`lum qildi'ning rasmi

YuNESKO Bosh direktori Odre Azule dunyo bo`ylab qancha odam o`qish va yozishni bilmasligini ma`lum qildi. Bu haqda "Anadolu" xabar berdi.

Rasmiyning so`zlariga ko`ra, birgalikdagi sa`y-harakatlar natijasida savodsizlikning oldini olishda ko`plab yutuqlarga erishilgan.

"Erda 1979 yilda odamlarning atigi 68 foizi o`qish va yozishni bilgan. 2020 yilga kelib bu ko`rsatkich 86,7 foizga oshgan. Aniq yutuqlarga qaramay, butun dunyo bo`ylab 771 million kishi hali ham asosiy savodxonlik ko`nikmalariga ega emas. Ularning 60 foizi qizlar va ayollardir", — degan Odre Azule.

YuNESKO ma`lumotlariga ko`ra, pandemiya oqibatida 24 millionga yaqin o`quvchi hech qachon maktab va boshqa ta`lim muassasalariga qaytmasligi mumkin. Ulardan 11 million nafari qizlar va yosh ayollardir. Rasmiy ta`limga ko`proq mablag` ajratish va xalqaro yordam ko`rsatishga chaqirgan.

    Boshqa yangiliklar