AsosiySiyosat

Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi raisi Amanbay Orinbaev Senat a`zoligiga saylandi

'Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi raisi Amanbay Orinbaev Senat a`zoligiga saylandi'ning rasmi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, xalq deputatlari tuman va shahar kengashlarining bo`shab qolgan o`ringa O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a`zosini saylash bo`yicha qo`shma majlisi bo`lib o`tdi. Bu haqda UzA xabar bermoqda.

Qo`shma majlisni O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Z.Nizamxodjaev ochdi va Saylov kodeksiga muvofiq saylovni o`tkazish tartib-tamoyillari haqida atroflicha tushuntirish berdi.

Majlisda ishchi hay`ati, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a`zoligiga nomzod ko`rsatish bo`yicha maslahat kengashi, majlis kotibiyati, sanoq komissiyasi a`zolari ochiq ovoz berish yo`li bilan saylab olindi.

Qo`shma majlisda maslahat kengashi tomonidan Senat a`zosini saylash bo`yicha saylov byulleteniga kiritish uchun taklif etilgan 56-“Berdaq” saylov okrugidan Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi deputati, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi Raisi A.Orinbaev nomzodi muhokama qilindi.

Ochiqlik, oshkoralik bilan o`tgan muhokama davomida deputatlar nomzodning faoliyati, hayot tajribasi, rahbarlik qobiliyati, vatanparvarligi va insoniy fazilati to`g`risida o`z fikr-mulohazalarini bildirdi. Ochiq ovoz berish orqali maslahat kengashi tomonidan taqdim etilgan nomzodni yopiq yashirin saylov byulleteniga kiritish bo`yicha qaror qabul qilindi.

Shundan so`ng Senat a`zosi saylovi bo`lib o`tdi. Natijalarga ko`ra 56-“Berdaq” saylov okrugidan Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi deputati, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi Raisi A.Orinbaev O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a`zosi etib saylandi.

 

    Boshqa yangiliklar