AsosiyJamiyat

Tibbiyot oliy o`quv yurtlariga super kontrakt bilan kirish o`rinlimi? Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri bu savolga javob berdi

'Tibbiyot oliy o`quv yurtlariga super kontrakt bilan kirish o`rinlimi?  Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri bu savolga javob berdi'ning rasmi

Ayni paytda AOKAda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri ishtirokida matbuot anjumani o`tkazilmoqda. Unda vazir talabalarni turar-joy bilan ta`minlash masalalari yuzasidan hisobot bermoqda. Bu haqda ayni paytda ushbu tadbirda ishtirok etayotgan Darakchi.uz' muxbiri xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, matbuot anjumanida Oliy ta`lim vaziri Toshqulov tibbiyot oliygohlariga talabalarning super-kontrakt bilan o`qishga qabul qilinayotganligi qanchalik to`g`riligi haqidagi savolga ham javob bergan.

“...Siz aytgan Tibbiyot akademiyasida, tibbiy oliy ta`lim muassasalarida o`qish kundan kunga qiyinlashib boryapti. Talablar ortyapti. Xorijiy ta`lim dasturlaridan foydalanilyapti. O`quv rejalar, o`quv dasturlar, kredit-modul...

Siz aytgan bilimdagi bola super-kontraktni to`lashi mumkin, lekin bitirolmaydi. Shuning uchun men bugun ota-onalarga murojaat qildimki, bolangiz ertaga o`qib keta olishiga ishonsangiz, super-kontrakt to`lang. Kredit modulda avvalgiday telefon qilib, tanish-bilish qilib bolangizni kursdan kursga o`tkizolmaysiz.

Men sizga to`g`risini aytaman, men vazirman, menga iltimos bo`lsa men aralashmayapman ham, aralashsam ham bir ish chiqmasligiga aminman. Kredit-modul tizimi bo`yicha platforma bilan ishlayapti, bu ham asta-asta xuddi mana kontraktga o`xshab texnikaning qo`liga berilyapti.

Bu jarayonlarga bizga bir yil muddat beringlar. Ta`lim sifati bo`yicha. Mana bu yil bizga xos bo`lmagan butun ishlarni muhtaram prezidentimiz bizdan oldirtirib berdilar, mana bu yil faqat sifat va sifatga ishlanadi. Natijalar bo`ladi. Eshitasiz hali, necha foiz talaba bitirolmadi, shundan necha foizi super-kontrakt”, – dedi Oliy ta`lim vaziri.

    Boshqa yangiliklar