Ayni paytda AOKAda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri ishtirokida matbuot anjumani o`tkazilmoqda. Unda vazir talabalarni turar-joy bilan ta`minlash masalalari yuzasidan hisobot bermoqda. Bu haqda ayni paytda ushbu tadbirda ishtirok etayotgan Darakchi.uz' muxbiri xabar bermoqda.
Unda Oliy ta`lim vaziri keyingi kunlarda talabalar turar joylari bilan bog`liq muammolarning keng muhokamasiga sabab bo`layotgan omillar va ularni bartaraf etishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma`lumot berdi.
– Oldin ham mavjud edi bu muammo. Dunyoda oliy ta`lim ommalashib bormoqda. Biror davlat yo`qki talabalarni 100 foiz turar joy bilan ta`minlaydigan. Bugun 91 ming talaba o`rni bor, ehtiyoj esa 211 mingta turar joyga, – deydi vazir.
Ta`kidlanishicha, Muammoni hal etish uchun hozirda 60 ta talabalar turar joyini qurish ishlari olib borilmoqda.
– Hujjatlashtirish ishlariga qurilishdan ham ko`proq muddat kerak bo`ladi. Tender masalalari, qurilishni standartlarga mos kelishi kabilar...
Prezident topshirig`i bilan ijara uchun 120 milliard pul ajratilgan bo`lsa bundan 15 milliard so`m o`zlashtirildi. Xonadon egalari xohlamadi ijara shartnomasini tuzishga. 1 yanvardan soliqlardan ozod qilindi, shunday keyin biroz ko`paydi.Shaharlarda uylar kengaydi, lekin odamlarning bag`ri toraydi. Ming afsus bugun 20 xonadonli uy bo`lsa ham uyiga 4 ta talaba qo`yishni xohlamaydi odamlar. Odamlar xonadoniga talabalarni olishni istamagani uchun ijara va talabalar uyi hisobidan qoplanyapti.
Endi talabalarning o`zlariga pul tushirib berish yo`lga qo`yilishi mumkin. Shaharda 300 ming viloyatlarda 150 ming bo`ladi, – deydi Oliy ta`lim vaziri.






