Holat yuzasidan viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati rasmiy munosabat e`lon qildi.
Unga ko`ra, joriy yilning 8 sentyabr kun Guliston shahar madaniyat va istirohat bog`i hududida bir qancha daraxtlarning kesilganligi holati aniqlangan.
Ushbu holat yuzasidan hozirda viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari tomonidan o`rganish ishlari olib borilmoqda.
O`rganish natijalari bo`yicha qo`shimcha ma`lumot beriladi, deyiladi munosabatda.






