AsosiyDunyo

AQSh Evropa himoyasi uchun 2 milliard dollar ajratadi

'AQSh Evropa himoyasi uchun 2 milliard dollar ajratadi'ning rasmi

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bugun kutilmagan tashrif bilan Kievga bordi. 

Rasmiylar bilan uchrashuvlarda AQSh vakili Ukrainaga, shuningdek, Evropaning 18 davlatiga ularning mudofaasini ta`minlash bilan bog`liq muammolarni hal qilish uchun harbiy yordam sifatida 2 milliard dollar ajratilishini ma`lum qilgan.

Shuningdek, Pentagon rahbari Lloyd Ostin AQSh Ukrainaga yana 675 million dollarlik harbiy yordam paketini ma`qullagan.

Zamon.uz' saytining ma`lum qilishicha, 2021yil yanvaridan beri Qo`shma Shtatlar Ukrainaga xavfsizlik bo`yicha 13,5 milliard dollardan ortiq yordam ko`rsatgan. Ta`kidlanishicha, tasdiqlangan yangi yordam paketi hisobga olinsa, bu mablag` 14 milliard dollardan oshadi.

    Boshqa yangiliklar