AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Turkmenistan Milliy Kengashi Majlisi Raisini qabul qildi

'Shavkat Mirziyoev Turkmenistan Milliy Kengashi Majlisi Raisini qabul qildi'ning rasmi

8 sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev shu kunlarda Toshkent shahrida o`tayotgan jahon mamlakatlari parlamentlari ayol rahbarlarining sammiti doirasida mamlakatimizda bo`lib turgan Turkmaniston Milliy Kengashi Majlisi Raisi Gulshat Mammedovani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida Majlis Raisi Gulshat Mammedova O`zbekiston etakchisiga Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Milliy Kengash Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning salomi va eng ezgu tilaklarini etkazdi.

Davlatimiz rahbari mustahkam do`stlik va yaxshi qo`shnichilik, ishonch va strategik sheriklik aloqalariga asoslangan O`zbekiston-Turkmaniston munosabatlarining bugungi yuksak darajasini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Ko`p qirrali hamkorlikni kengaytirish, qo`shma kooperasiya loyihalarini ilgari surish va madaniy-gumanitar almashinuv dasturini ilgari surishda ikki mamlakat parlamentlari muhim o`rin tutishi alohida ta`kidlandi.

Parlamentlararo ittifoq, shu jumladan Markaziy Osiyo mintaqasidagi samarali muloqot maydonchalari doirasidagi sermahsul hamkorlikka yuqori baho berildi.

    Boshqa yangiliklar