AsosiyJamiyat

Prezident Ozarbayjon milliy majlisi raisi Sohiba Gafarovani qabul qildi

'Prezident Ozarbayjon milliy majlisi raisi Sohiba Gafarovani qabul qildi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev poytaxtimizdagi milliy parlamentlar ayol rahbarlari sammitida ishtirok etayotgan Ozarbayjon Milliy Majlisi Raisi Sohiba Gafarovani qabul qildi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi xabar berdi.

Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq har tomonlama hamkorlik jadal rivojlanib, amaliy hamkorlik kengayib borayotgani alohida qayd etilgan.

Bundan avval  davlatimiz rahbari Turkmaniston milliy kengashi majlisi raisi Gulshat Mammedovani qabul qilgan edi.

Eslatib o`tamiz, bugun Toshkentda Parlamentlararo ittifoqqa a`zo davlatlar parlamentlari ayol rahbarlarining navbatdagi 14-sammiti o`z ishini boshladi.  

    Boshqa yangiliklar