AsosiyJamiyat

Prezident Turkmaniston milliy kengashi majlisi raisi Gulshat Mammedovani qabul qildi

'Prezident Turkmaniston milliy kengashi majlisi raisi Gulshat Mammedovani qabul qildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Toshkent shahrida o`tayotgan jahon mamlakatlari parlamentlari ayol rahbarlarining sammiti doirasida mamlakatimizda bo`lib turgan Turkmaniston Milliy Kengashi Majlisi Raisi Gulshat Mammedovani qabul qildi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi xabar bermoqda. 

Davlatimiz rahbari O`zbekiston bilan Turkmaniston o`rtasidagi mustahkam do`stlik va yaxshi qo`shnichilik, ishonch va strategik sheriklikka asoslangan munosabatlarning bugungi yuksak darajasini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Ma`lumot o`rnida ta`kidlash joizki, bugun Toshkentda Parlamentlararo ittifoqqa a`zo davlatlar parlamentlari ayol rahbarlarining navbatdagi 14-sammiti o`z ishini boshladi.  

Toshkent sammitida BMT, Parlamentlararo Ittifoq va unga a`zo mamlakatlar parlamentlari palatalarining ayol-spikerlari, Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament Assambleyasi kabi xalqaro tashkilotlar rahbarlari, 17 ta davlatdan 120 dan ortiq parlament vakillari ishtirok etmoqda.

Parlamentlararo Ittifoq va O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati hamkorligida tashkil etilgan anjuman mavzusi – “Parlament etakchiligi: barqarorlik va farovonlikni yanada samarali ta`minlashda xavf-xatarlarni baholash”.  

Tadbir avvalida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning ushbu nufuzli anjuman ishtirokchilariga yo`llagan murojaatini Prezident matbuot kotibi Sh.Asadov o`qib eshittirdi.

    Boshqa yangiliklar