AsosiyJamiyat

Zangiota tumanida nomdor "poroshok"larning qalbakisini ishlab chiqarayotgan yashirin sex aniqlandi

'Zangiota tumanida nomdor "poroshok"larning qalbakisini ishlab chiqarayotgan yashirin sex aniqlandi'ning rasmi

Zangiota tumanida yashirin sex faoliyatiga chek qo`yildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi. 

Departamentning Zangiota tuman bo`limi tomonidan DSI xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro G`.Q. “O`ratepa” MFY hududidagi binoda yashirin sex tashkil qilib, “PERSIL”, “ARIEL”, “MIF” va “TIDE” nomli savdo belgilaridan foydalangan holda kir yuvish kukunlarini tayyorlab sotayotganligi aniqlanib, jami 1 352 kg kir yuvish kukuni ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o`tkazish maqsadini ko`zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o`tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko`rsatish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar